Sovg'a
4 ta shaharga bordingizmi? Sovg'angizni oling!
Qanday olish mumkin
- 01
To'rtta shaharni yig'ing
Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xivadagi hamkorlarimizdan muhr oling. Tartib muhim emas. Faqat shaxsan to'plangan muhrlar hisobga olinadi.
- 02
Route complete muhrini oling
Pasportingizni istalgan hamkorimizga ko'rsating. U to'rtta shahar muhrini tekshiradi, Route complete sahifasiga muhr bosadi va yoniga pasport raqamingizni yozadi.
- 03
Shu sahifani suratga oling
Route complete muhri va pasport raqami aniq ko'rinsin. Ulashmoqchimisiz? Suratni #welcome2uz bilan joylang va bizni belgilang.
- 04
Sovg'ani tanlang
Quyidagi formani pasport raqami, surat va yoqqan sovg'a bilan yuboring. Reestrni tekshirib, uni qanday olishni yozamiz: ba'zi sovg'alarni hamkorlarimiz joyida beradi.
Yo'nalish yakunlandi
Sovg'angizni oling
Route complete muhrini olgach, formani to'ldiring va sovg'a tanlang. Pasport raqamini reestrimiz bilan solishtirib, uni qanday olishni yozamiz.
Sovg'a
Hozir mavjud sovg'alar
- Pasportga 20% chegirmaDo'konimiz uchun promokod: o'zingizga yoki do'stingizga yana bitta pasport.
- Uchta mavzuli otkritkaYo'nalish manzaralari tushirilgan otkritkalar to'plami.
- Stikerlar to'plami: taomlarOsh, somsa, non va yo'nalishning boshqa taomlari.
- Stikerlar to'plami: metroToshkent metrosining eng chiroyli bekatlari.
- Stikerlar to'plami: shaharlarToshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva.
- Qo'lda yasalgan sopol magnitMahalliy hunarmandlar bezagan.
- Muhr shaklidagi magnitShahar muhri shaklidagi kvadrat magnit.
Qoidalar
Har bir pasportga bitta sovg'a
Biz pasport raqamlari reestrini yuritamiz, shuning uchun har bir pasportga bitta sovg'a beriladi. Esdalik pasport uchun pochta orqali bosilgan muhrlar sovg'a uchun hisobga olinmaydi.
Yordam
Savollar bormi?
Forma yoki surat yuborilmayaptimi? Bizga yozing, hal qilamiz.