Savollar va aloqa

Savollar

Bu haqiqiy pasportmi?

Yo'q. Bu pasport ko'rinishidagi esdalik safar kundaligi. U shaxsni tasdiqlovchi hujjat emas.

Yo'nalishni tartib bilan o'tish shartmi?

Yo'q. Safaringiz qayerdan boshlansa, o'sha yerdan boshlang. Raqamlar faqat eng ko'p tanlanadigan yo'nalishni ko'rsatadi.

Hamkorlar kimlar?

Ular bizning muhr posbonlarimiz: yo’nalishdagi hostellar, kafelar, ustaxonalar va turagentliklar. Har birida o’z shahrining muhri saqlanadi. Pasportingizni ko’rsating, shahar sahifasiga muhr bosib berishadi. Manzillar va ish vaqti har bir shahar sahifasida.

Hamkor yopiq bo’lsa-chi?

Shahar sahifasida ish vaqtini tekshiring. Agar ko'rsatilgan vaqtlarda yopiq bo'lsa, bizga yozing va biz yechim topamiz.

Shaharda bo'lmasdan turib muhr olish mumkinmi?

Ha. Agar bu shaharlarda allaqachon bo’lgan bo’lsangiz, hamkorimizga ulgurmagan bo’lsangiz yoki pasportni sovg’a qilmoqchi bo’lsangiz, bizga yozing. Kerakli muhrlarni bosib, pasportni pochta orqali yuboramiz. Bunday muhrlar yo’nalish sovg’asi uchun hisobga olinmaydi: u faqat muhrlarni shaxsan to’plaganlarga beriladi.

Qanday qilib sovg'ani olish mumkin?

To’rtta shahar muhrini to’plang, pasportni istalgan hamkorimizga ko’rsating va Route complete muhrini oling. So’ng 17-sahifa suratini #welcome2uz bilan joylang va havolani bizga yuboring: suvenir do’konimiz uchun 20% promokod yuboramiz. Batafsil: welcome2.uz/reward

Sayt boshqa tillarda ham mavjudmi?

Ha: ingliz, rus va o'zbek tillarida. Sahifaning yuqori qismidan tilni o'zgartiring.

Aloqa

Bizga yozing

Instagram
@silkpass_uz
Telegram
@silkpass_uz
WhatsApp
+998996744457
Email
[email protected]